Angliya terma jamoasi xavbeki Jud Bellingem Jahon chempionati–2026 1/8 finali doirasida Meksikaga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng yangi post qoldirdi. Britanliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi, yarim himoyachi esa ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Bu jamoa va bu muxlislar! Boshliqlaringizga aytib qo‘ying, ertaga sizni ishda kutishmasin», — deyiladi yarim himoyachining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirgan xabarida.
Qayd etish lozimki, Bellingem bo‘lib o‘tgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Pley-offning navbatdagi bosqichida Angliya terma jamoasi Norvegiya milliy terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs yakshanba, 12 iyul kuni Mayamidagi stadionda bo‘lib o‘tadi.













