Ispaniya terma jamoasining yulduzli xavbeki Rodri Ernandes Jahon chempionati–2026 1/8 finali doirasida Portugaliya jamoasiga qarshi kechadigan bahs oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Biz noqulay va qiyin raqibga qarshi maydonga tushamiz. Jamoalar bir-birlarini juda yaxshi bilishadi. Hozirgi vaqtda Portugaliyada juda kuchli futbolchilar avlodi shakllangan. Keyingi bosqichga yo‘l olish uchun Ispaniya o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishi lozim. Biz maydonda jamoamiz kuchliroq ekanligini isbotlaymiz», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.
Portugaliya — Ispaniya uchrashuvi dushanba, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning uchrashuv boshlanishini bildiruvchi hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (7 iyulga o‘tar kechasi) chalinadi.













