Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Morgan: «Angliya jahon chempionligi unvonini qaytarishi mumkin»

Morgan: «Angliya jahon chempionligi unvonini qaytarishi mumkin»

Baho:
+ | -

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Angliya terma jamoasining Jahon chempionati–2026 chorak finaliga chiqqaniga munosabat bildirdi. 1/8 finalda Tomas Tuxel shogirdlari Meksika jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.

«Qanday ajoyib o‘yin va g‘alaba! Angliya terma jamoasidan a’lo darajadagi uchrashuv. Jamoaning har bir futbolchisi — qahramon. Tuxelni ajoyib o‘yin bilan tabriklayman. Agar mana shunday o‘ynashda davom etsak, biz chempionlik unvonini qaytara olamiz», — deyiladi jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirgan xabarida.

Mundial pley-off bosqichining navbatdagi raundida Angliya terma jamoasiga Braziliyani mag‘lub etgan (2:1) Norvegiya milliy jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv yakshanba, 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:54, 06.07.2026.
O'qildi: 437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик