Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

JCH-2026: Argentina Misrga qarshi o‘yinga fransuz hakami tayinlanganidan norozi

JCH-2026: Argentina Misrga qarshi o‘yinga fransuz hakami tayinlanganidan norozi

Baho:
+2 | -

Argentina terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Misrga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvni hakam Fransua Leteksye boshqarib boradi, bu esa, tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, argentinaliklarga umuman yoqmagan.

Jurnalist Gustavo Yarrochning xabar berishicha, «albiseleste» (oq-ko‘klar) lageridagilar FIFA bu o‘yinni aynan fransuz hakamiga topshirishga qaror qilganiga «ishona olmayaptilar».

Eslatib o‘tamiz, Argentina va Fransiya terma jamoalari 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi mundial finalida to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda Lionel Skaloni shogirdlari 120 daqiqalik o‘yindagi 3:3 hisobidan so‘ng, penaltilar seriyasida g‘alabani qo‘lga kiritishgandi. Bu gal ham jamoalar bosh sovrin uchun kechadigan hal qiluvchi bahsda o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin.

Argentina — Misr uchrashuvi 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:56, 06.07.2026.
O'qildi: 1151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик