Hujumchi Erling Xoland Norvegiya terma jamoasining muvaffaqiyatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Jamoa Jahon chempionati 1/8 finalida Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Xoland uchrashuvda dubl muallifiga aylandi.
Xoland ko‘zlarini yumgan holda, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib tushgan suratini joylashtirdi.
«28 yillik kutish bunga arzirdi!» — deya suratga izoh qoldirgan Xoland.
Ma’lumki, Norvegiya terma jamoasi oxirgi marta bundan 28 yil avval — 1998 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan edi.













