Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Milan» «Lasio» futbolchisi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi

«Milan» «Lasio» futbolchisi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi

Baho:
+ | -

«Lasio» himoyachisi Mario Xila faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, yaqin ikki kun ichida «Milan» va «Lasio» klublari o‘rtasida Xilaning transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Manbaga ko‘ra, rimliklar o‘z futbolchisi uchun 30 million yevro talab qilmoqda.

Futbolchining o‘zi «Milan»ga ko‘chib o‘tishni istaydi va klub bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Xilaning yillik maoshi 4,5 million yevroni tashkil etadi, bunga qo‘shimcha ravishda yana bir million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Xila barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq birorta ham golli uzatma yoki gol muallifiga aylana olmadi.

Kiritildi: 16:36, 06.07.2026.
O'qildi: 577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик