Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Belgiya TIV rahbari Balogun borasidagi qarorni tanqid qildi: «Bu juda ko‘p savollarni tug‘dirmoqda»

Belgiya TIV rahbari Balogun borasidagi qarorni tanqid qildi: «Bu juda ko‘p savollarni tug‘dirmoqda»

Baho:
+ | -

Belgiya Tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo FIFAning AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasini qoldirish (orqaga surish) haqidagi qarorini keskin tanqid qildi.

«Monako» futbolchisi JCH-2026ning 1/16 finali doirasida Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan o‘yinda (2:0) Tarik Muxaremovichning to‘pig‘ini bosib olgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Keyinchalik FIFA Balogunning bir o‘yinlik diskvalifikasiyasini bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turdi. Shu tariqa, hujumchi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi maydonga tusha oladigan bo‘ldi.

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoga ikki marta — Balogun maydondan chetlatilganidan keyin va diskvalifikasiya to‘xtatib turilganidan so‘ng qo‘ng‘iroq qilgan.

«Sobiq futbol hakami sifatida men doimo qoidalarga rioya qilishga va qabul qilinayotgan qarorlarning adolatli bo‘lishini ta’minlashga harakat qilganman. Bu qaror, shubhasiz, juda ko‘p savollarni tug‘dirmoqda. Agar bunday tushunarsiz qarorning qabul qilinishiga haqiqatan ham telefon qo‘ng‘irog‘i sabab bo‘lgan bo‘lsa, bu futbol va sportning oddiy qoidalarini buzish bilan teng bo‘lardi hamda FIFAning "halol o‘yin" (fair play) tamoyillarini qat’iy himoya qilish qobiliyatini shubha ostiga qo‘ygan bo‘lardi», — dedi Prevo Politico nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:57, 06.07.2026.
O'qildi: 487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик