Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronald de Bur Xosep Gvardiolani «to‘q sariqlar» bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni istamoqda.
Ma’lumki, Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqan edi.
«Bu Niderlandiya terma jamoasi uchun ajoyib ish bo‘lardi, chunki Pep — ideal figura. U o‘zi boshqargan barcha jamoalarga ulkan ta’sir o‘tkaza olgan. U hujumkor futbol uslubini targ‘ib qiladi. Pep — Kroyfning shogirdi. U golland futboliga nimadir qaytarib berishi mumkin edi. U deyarli har bir intervyusida bugungi darajasiga erishishida Kroyfdan minnatdor ekanini aytadi. Gvardiolada ushbu minnatdorchilikni amalda ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat bor», — deya de Burning so‘zlarini keltiradi Foot Mundo.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola o‘n yillik faoliyatdan so‘ng «Manchester Siti» klubini tark etgan edi.













