Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aguero Neymarni JCH-2026dan keyin qo‘llab-quvvatladi

Aguero Neymarni JCH-2026dan keyin qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero JCH-2026da Braziliya musobaqani tark etganidan keyin Neymarni qo‘llab-quvvatladi.

Agueroning aytishicha, u 1/8 finalda Norvegiyaga qarshi uchrashuvda Neymarning gol urganidan samimiy xursand bo‘lgan. Bu ikki terma jamoa o‘rtasidagi azaliy raqobatga qaramay shunday bo‘lgan.

«Ha, men ham xursand bo‘ldim. Neymarning gol urganidan quvondim. Rostini aytsam, u faoliyati davomida qilgan ishlari va erishgan yutuqlarini hisobga olsak, bunday futbolchilarning maydonga tushib, o‘zini ko‘rsatishi hamisha yoqimli.

Albatta, Neymarning bizga nisbatan doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani ham bunda muhim o‘rin tutdi. U har doim xotirjam va barchaga hurmat bilan munosabat qilardi. Biz 2019 yilgi Amerika kubogi yarim finalida Braziliyaga yutqazganimizdan keyin ham u har birimiz oldimizga kelib salomlashgan edi. O‘zi finalda mag‘lub bo‘lganidan keyin ham xuddi shunday yo‘l tutdi. U haqiqatan ham ajoyib inson», — dedi Aguero.

Eslatib o‘tamiz, Neymar Norvegiyaga qarshi uchrashuvda yagona golini penaltidan urdi. Biroq Braziliya 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, jahon chempionati bilan xayrlashdi.

Final hushtagidan so‘ng 34 yoshli hujumchi Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:13, 06.07.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик