Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Manchester Yunayted» «Real» futbolchisini sotib olish uchun tavakkal qilishga tayyor

«Manchester Yunayted» «Real» futbolchisini sotib olish uchun tavakkal qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuamenini sotib olish borasida uzil-kesil qarorga keldi.

Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, Angliya grandi rahbariyati fransiyalik futbolchining transferini shunchaki ustuvor vazifa emas, balki jiddiy zaruriyat deb hisoblamoqda. «Qizil iblislar» yarim himoyachi uchun «ulkan» summa taklif qilishga tayyor. «Qaymoqranglilar» 26 yoshli futbolchi uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilishi taxmin qilinmoqda.

Transfermarkt portali Orelyen Tchuamenining transfer qiymatini 70 million yevroga baholagan. Futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda tayanch yarim himoyachisi madridliklar safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:21, 07.07.2026.
O'qildi: 2268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик