Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

«Nyukasl» Gimaraes uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda

«Nyukasl» Gimaraes uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Angliyaning «Nyukasl» klubi rahbariyati Bruno Gimaraes bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Nyukasl» braziliyalik futbolchini «Arsenal»ga sotishdan bosh tortgach, u bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. «Qarg‘alar» shartnomaning uzaytirilishi 28 yoshli yarim himoyachining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi barcha mish-mishlarga chek qo‘yadi, deb umid qilishmoqda. Avvalroq Gimaraesning o‘zi ham «Nyukasl»da qolmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.

Yakunlangan klub mavsumida Gimaraes barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 bor ishg‘ol etdi va o‘z hisobiga 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:15, 07.07.2026.
O'qildi: 352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик