Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Rasman: «Chelsi» sobiq murabbiyi Rosyenyor Fransiya klubini qabul qilib oldi

Rasman: «Chelsi» sobiq murabbiyi Rosyenyor Fransiya klubini qabul qilib oldi

Baho:
+ | -

«Chelsi» klubining sobiq ustozi Liam Rosyenyor «Parij» futbol klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Fransiya jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

41 yoshli ingliz mutaxassisi «Parij» klubi bilan 2028 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Ta’kidlanishicha, mutaxassis 9 iyul kunidan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. Aynan shu kuni jamoa ta’tildan qaytadi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Aytish joizki, Rosyenyor bundan avval ham Fransiyada faoliyat olib borgan. U 2024 yildan 2026 yilgacha «Strasburg» klubini boshqargan edi. Joriy yilning yanvar oyidan aprel oyiga qadar esa murabbiy «Chelsi»ga rahbarlik qildi.

Fransiya chempionati — 2025/26 mavsumi yakunlariga ko‘ra, «Parij» turnir jadvalida 11-o‘rinni egalladi. Klub 34 ta uchrashuvda 44 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 13:45, 07.07.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик