Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning JCH-2026dan chiqib ketganidan so‘ng post joylashtirdi. O‘tgan yakshanba kuni Braziliya turnirning 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Bugun bizga juda og‘riqli. Ammo biz qurayotgan jamoaga bo‘lgan ishonch o‘zgarishsiz qolmoqda. Terma jamoamiz ustida ishlashda davom etamiz. Har doim birga. Har doim Braziliya!» – deb yozdi Anchelotti.













