Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches mamlakat terma jamoasini jahon chempionatining 1/4 finaliga yo‘l olgani munosabati bilan tabrikladi.
Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. 10 iyul kuni ispanlar turnirning chorak finalida Belgiya bilan to‘qnashishadi.
«Biz chorak finaldamiz! Siz iste’dod, jamoaviy mehnat va intilish katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor isbotladingiz. Butun mamlakat sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Olg‘a, Ispaniya!» — deb yozdi Sanches o‘zining Tvitterdagi sahifasida.













