Jahon chempionati – 2026ning 1/8 final uchrashuvida Belgiya terma jamoasi AQSH jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. «Qizil iblislar» darvozaboni Tibo Kurtua o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz go‘yoki jamoamiz avvalgidek emasligi haqidagi gap-so‘zlarni eshitgandik. Raqib oson g‘alabaga erishaman deb o‘ylagandi. Ammo biz kuchli terma jamoa ekanligimizni isbotladik. Ular bitta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, lekin shundan keyin amerikaliklarda yaqqol vaziyatlar yuzaga kelmadi. Biz o‘z g‘alabamizga Senegal bilan o‘yin oldidagidan ko‘ra ko‘proq ishongandik. Senegal AQSHdan kuchliroq edi», — deya darvozabonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi HLN.
Chorak finalda Belgiya terma jamoasi 10 iyul kuni ispanlar bilan to‘qnash keladi.













