Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Tilman – bitta JCHda jarima zarbasidan ikki bor gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchi

Tilman – bitta JCHda jarima zarbasidan ikki bor gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi futbolchisi Malik Tilman jamoasining turnirdan chiqib ketishini oldini ololmagan bo‘lsa-da, jahon chempionati rekordini takrorladi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida «Bayer» yarim himoyachisi Belgiya terma jamoasi darvozasini jarima zarbasidan to‘g‘ri yo‘llangan zarba bilan ishg‘ol qildi — u qatorasiga ikkinchi o‘yinda shunday tarzda gol urishga muvaffaq bo‘ldi (bundan oldin Bosniya va Gersegovina terma jamoasi undan jabr ko‘rgan edi). Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Tilman bitta jahon chempionati doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan ikkita gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Buni birinchi bo‘lib olis 1982 yilda fransuz Bernar Jengini uddalagan edi. Ushbu statistika 1966 yildan buyon yuritib kelinadi.

AQSH terma jamoasi 1/8 finalda belgiyaliklarga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, o‘z uyidagi mundialda ishtirokini yakunladi.

Kiritildi: 17:46, 07.07.2026.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик