Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Messining klubi Vozinyani taklif qilishi mumkin

Messining klubi Vozinyani taklif qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya va Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi o‘zaro o‘yindan so‘ng nima haqida gaplashgan bo‘lishlari mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Ehtimol, Messi Vozinyaga uni «Inter Mayami» tarkibida ko‘rishdan xursand bo‘lishini shama qilgan. Bu haqda Italiyaning «Milan» klubi sobiq yarim himoyachisi Rodni Strasser o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turnir boshlanishidan oldin Vozinya unga klub topishda yordam berishni so‘rab murojaat qilgan. Strasser esa unga bu haqda o‘ylamay, bor e’tiborini jahon chempionatiga qaratishni maslahat bergan, deb xabar qilmoqda derbyderbyderby.it. Shuningdek, Italiya klubining sobiq o‘yinchisi Vozinyani jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb hisoblaydi.

Kiritildi: 17:50, 07.07.2026.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик