Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Argentina terma jamoasi JCH 1/8 finalida 0:2 hisobini o‘z foydasiga o‘zgartirib, Misrni mag‘lub etdi, Messi hisobida — gol+assist

Argentina terma jamoasi JCH 1/8 finalida 0:2 hisobini o‘z foydasiga o‘zgartirib, Misrni mag‘lub etdi, Messi hisobida — gol+assist

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalidan o‘rin olgan Argentina va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O‘yin «Mersedes-Bens Stedium» (Atlanta, AQSH) stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida Fransua Leteksye (Bede, Fransiya) faoliyat olib bordi. Uchrashuvda 3:2 hisobidagi g‘alabani Argentina terma jamoasi futbolchilari nishonlashdi.

O‘yindagi ilk golni 15-daqiqada Misr himoyachisi Yasser Ibraxim kiritdi. Argentina hujumchisi Lionel Messi 21-daqiqada misrlik hujumchi Hessem Hassanning himoyachi Nikolas Talyafikoga ishlatgan qo‘polligi uchun belgilangan penaltini golga aylantira olmadi. 58-daqiqada hakam VAR'ni ko‘rganidan so‘ng, golli hujum vaqtida Lisandro Martinesning oyog‘ini bosib olganligi sababli Misr hujumchisi Mostafa Zikoning golini bekor qildi. Biroq 67-daqiqada Ziko gol urib, afrikaliklarning ustunligini ikki barobarga oshirdi. Argentinaliklar himoyachisi Kristian Romero 79-daqiqada hisobdagi farqni qisqartirdi, janubiy amerikaliklar hujumchisi Lionel Messi esa 84-daqiqada muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada yarim himoyachi Enso Fernandes argentinaliklarga g‘alaba keltirdi — 3:2.

1/4 finalda Misr terma jamoasi Shveysariya – Kolumbiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:15, 07.07.2026.
O'qildi: 2027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик