Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Misrga qarshi uchrashuvning (3:2) so‘nggi daqiqalarida gol urdi. Ushbu kiritilgan to‘p turnir tarixidagi 3000-gol bo‘ldi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.
Jahon chempionatlarida gol urish bo‘yicha rekordchi argentinalik Lionel Messi hisoblanadi — uning hisobida 21 ta gol mavjud. Bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda 19 ta gol bilan fransiyalik Kilian Mbappe bormoqda.
JCH-2026 musobaqasi Kanada, AQSH va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning final uchrashuvi 19 iyulga rejalashtirilgan.













