Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Romario: «Endrik muxlislarga ko‘plab quvonchlar taqdim etadi, ammo Norvegiyaga qarshi o‘yinda u dahshatli darajada yomon o‘ynadi»

Romario: «Endrik muxlislarga ko‘plab quvonchlar taqdim etadi, ammo Norvegiyaga qarshi o‘yinda u dahshatli darajada yomon o‘ynadi»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi tarkibida 1994 yilgi jahon chempioni bo‘lgan Romario JCH 1/8 finalida braziliyaliklarning Norvegiyadan uchragan mag‘lubiyatidan (1:2) so‘ng, hujumchi Endrikni keskin tanqid qildi.

«Menga Endrik yoqadi va u bizga hali ko‘p quvonch keltiradigan futbolchi bo‘ladi, ammo Norvegiyaga qarshi bahsda u dahshatli darajada yomon harakat qildi. Keyin odamlar: "Axir u hali yosh-ku", deyishadi. Bu gaplar kimga kerak? U o‘sha la’nati golni urishi shart edi. Yoshmi, o‘rta yoshlimi, qarimi — menga farqi yo‘q», — deya Romarioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

19 yoshli Endrik JCH-2026 turnirida 4 ta o‘yinda jami 111 daqiqa harakat qildi va birorta ham natijali harakat amalga oshira olmadi. U faoliyati davomida milliy terma jamoa libosida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:39, 08.07.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик