Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso JCH-2026 1/8 finalida Shveysariya terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatga (0:0, penaltilar bo‘yicha — 3:4) izoh berdi.
«Shubhasiz, bizga gol yetishmadi. Bu juda shiddatli, taktik va teng kurashlar ostidagi o‘yin bo‘lishini bilardik. Lekin o‘yinga bo‘lgan intilishimiz va yo‘llagan zarbalarimizni hisobga olsak, 90 daqiqa ichida biroz ko‘prog‘iga loyiq edik deb o‘ylayman. Bizda 15 ta urinish bo‘ldi. Bu ko‘p, agar gol ura olmasang, buning uchun javob berishga to‘g‘ri keladi. Bu yerda kimdirni ayblash noo‘rin. Ba’zida to‘p darvozaga kiradi, ba’zida esa yo‘q», — deya Lorensoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MSN.
JCH-2026 chorak finalida Shveysariya Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.













