Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni, «Vozinya» laqabi bilan tanilgan Jozimar Xose Evora Dias shu yozda «Inter Mayami» klubiga o‘tishi mumkin. Portugaliyaning «Chaves» klubi bilan shartnomasi yakunlangan 40 yoshli afrikalik posbon ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Hammuassislaridan biri Devid Bekhem bo‘lgan AQSH klubi yaqinda 2026 yilgi mavsum uchun chet ellik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha kvotaga ega bo‘ldi, bu esa kabo-verdelik darvozabonning transferini osonlashtirishi mumkin.
Jahon chempionati boshlanishidan oldin Vozinyaning ijtimoiy tarmoqlarda 50 mingga yaqin kuzatuvchisi bor edi. Uch haftadan kamroq vaqt ichida ularning soni 27 milliondan oshib ketdi va u dunyodagi eng mashhur darvozabonga aylandi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Vozinyaning transfer bahosi 50 ming yevroni tashkil etadi.













