Shveysariya terma jamoasi sardori Granit Jaka JCH-2026 1/8 finali doirasida Kolumbiya ustidan qozonilgan g‘alaba (0:0, penaltilar bo‘yicha — 4:3) haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, terma jamoamizning hozirgi avlodi — alohida ajralib turadi. Umid qilamanki, qachondir yana shunday avlod yetishib chiqadi, ammo biz bunday jamoani juda uzoq kutdik. Biz, tajribaliroq futbolchilar, yoshlar tomonidan bo‘layotgan bosimni his qilib turibmiz va shu bilan birga, har kuni, har bir o‘yinda ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Albatta, o‘z tajribamizni ulashishga harakat qilyapmiz, lekin birinchi navbatda — mentalitetni shakllantirish lozim. Ya’ni, hatto kichik mamlakat bo‘la turib ham, bunday yuqori darajada, elita futbolida hamma narsaning iloji borligini ko‘rsatish muhim. Murabbiylar shtabidan tortib eng so‘nggi futbolchigacha — barchamiz erishgan natijamiz bilan faxrlansak arziydi», — deya Jakaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.













