Yarim himoyachi Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasi safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchiga aylandi. JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Shveysariyaga qarshi uchrashuv (0:0, penaltilar bo‘yicha — 3:4) u uchun milliy jamoa libosidagi 131-bahs bo‘ldi.
34 yoshli kolumbiyalik futbolchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha darvozabon David Ospinaning rekordini takrorladi. Ta’kidlash joizki, golkiper Kolumbiya terma jamoasida 2007 yildan buyon, Xames esa 2011 yildan beri to‘p surib keladi. Shu bilan birga, ayni damda har ikki futbolchi ham erkin agent maqomida bo‘lib turishibdi, chunki ularning klublari bilan shartnomalari yakuniga yetgan.
Kolumbiya terma jamoasi safidagi 131 ta o‘yinda Xames 31 ta gol urdi va 43 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2014 yilda u 6 ta gol bilan jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.













