Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) jahon chempionatining 1/4 finalidan o‘rin olgan Fransiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga Argentinadan bo‘lgan hakamlar brigadasini tayinladi.
Uchrashuvda bosh hakam sifatida Fakundo Telyo qayd etiladi, unga qanotlarda va VAR tizimida Xuan Pablo Belatti, Gabriel Chade, Dario Errera va Kristian Navarro yordam berishadi.
Fransiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi JCH chorak final bahsi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













