Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Kerrik: «Biz g‘alaba qozonishimiz va jozibali futbol ko‘rsatishimiz kerak»

Kerrik: «Biz g‘alaba qozonishimiz va jozibali futbol ko‘rsatishimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik klub to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganiga ishonch bildirdi. U «qizil iblislar» boshqaruaidagi ilk to‘liq mavsumi oldidan jamoa yangi chaqiriqlarga tayyorligini ma’lum qildi.

Angliyalik mutaxassis mavsumning ikkinchi yarmini ta’sirli tarzda o‘tkazib, «Manchester Yunayted»ga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini taqdim etganidan so‘ng jamoaning doimiy bosh murabbiyiga aylandi. Klubning yillik jurnali uchun yozgan maqolasida Karrik «Old Trafford»da har doim g‘alabalar va yorqin o‘yin kutilishini ta’kidladi.

«Biz o‘sishda davom etishimiz kerakligini bilamiz. Zimmamizda ulkan mas’uliyat bor — g‘alaba qozonish va jozibali futbol ko‘rsatish. Bu narsa hech qachon o‘zgarmaydi va biz doimo eng nufuzli sovrinlar uchun kurashishimiz shart.

Futbolchilar bu klubni yaxshi ko‘rishadi va ularning g‘alaba qozonishni qanchalik istayotgani ko‘rinib turibdi. Bu bizga haqiqatan ham buyuk narsa qurayotganimiz va to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizga ishonch bag‘ishlaydi», - dedi Kerrik.

Kiritildi: 13:04, 08.07.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик