Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Fran Garsiya «Real»dan ketishga yaqin

Fran Garsiya «Real»dan ketishga yaqin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Fran Garsiya yaqin orada «Betis»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Samuel Silva xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining o‘zi «Betis»ga qo‘yib yuborishlarini so‘raganidan keyin, so‘nggi soatlarda tomonlar muzokaralarda sezilarli darajada oldinga siljishgan. Hozirda kelishuvning yakuniy detallari muhokama qilinayotgani aytilmoqda.

Fran Garsiya — «Real» tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumda 26 yoshli ispan futbolchisi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Garsiyaning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari himoyachining transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:17, 08.07.2026.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик