Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«MYU» Tchuameniga shartnoma taklif qildi

«MYU» Tchuameniga shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameniga besh yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, taklif juda yaxshi moliyaviy shartlarni o‘z ichiga olgan, biroq insayderlarning ta’kidlashicha, futbolchi Madrid klubini tark etishga intilmayapti.

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli xavbek barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Hozirda futbolchi Jahon chempionati-2026da ishtirok etish uchun Fransiya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi. Katta ehtimol bilan u jarohati sababli Marokashga qarshi bo‘lib o‘tadigan 1/4 final uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 15:33, 08.07.2026.
O'qildi: 1022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик