Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Messining faoliyati davomida JCH pley-off bosqichlarida urgan gollari 7 tani, Ronalduda esa — 1 tani tashkil etadi

Messining faoliyati davomida JCH pley-off bosqichlarida urgan gollari 7 tani, Ronalduda esa — 1 tani tashkil etadi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/8 finali doirasida Misr terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda (3:2) gol urdi.

39 yoshli futbolchi 83-daqiqada o‘yindan unumli foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi. Bu gol o‘yin davomida hisobda ortda qolayotgan lotin amerikaliklarga hisobni tenglashtirish imkonini berdi.

Bundan tashqari, misrliklar darvozasiga kiritilgan gol Messi uchun jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi 7-gol bo‘ldi. U mundiallar tarixida ketma-ket 6 ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Argentina g‘alaba qozongan 2022 yilgi Qatardagi turnirda Messi pley-offda 5 ta gol urgan: u 1/8 finalda Avstraliya (2:1), chorak finalda Niderlandiya (2:2, penaltilar bo‘yicha 4:3) va yarim finalda Xorvatiya (3:0)ga qarshi kechgan o‘yinlarda bittadan, finalda esa Fransiyaga (3:3, 4:2 penaltilar bo‘yicha) qarshi o‘yinda dubl qayd etgandi.

JCH-2026da Messi bungacha 1/16 finalda Kabo-Verde (3:2) darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronalduda esa JCH pley-offlarida bitta gol bor — u JCH-2026 1/16 finalida Xorvatiyaga (2:1) qarshi kechgan bahsda penaltidan gol urgandi. Portugaliyaliklar 1/8 finalda Ispaniyaga (0:1) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

Messi va Ronaldu 2006 yildan boshlab 6 ta jahon chempionatida ishtirok etishdi. Ikkala futbolchi ham uzoq vaqt davomida dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomi uchun asosiy raqiblar hisoblangan. Argentinalik futbolchi 8 marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan, portugaliyalikda esa bunday sovrinlar soni 5 tani tashkil etadi.

Kiritildi: 17:29, 08.07.2026.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик