Yevropadagi eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan «Golden Boy» mukofotining rasmiy sayti Transfermarkt bilan hamkorlikda mukofotga da’vogar 100 nafar futbolchi reytingini yangiladi.
Top-10 ro‘yxatidan joy olgan futbolchilar:
-
Lamin Yamal («Barselona»). U mukofotni ololmaydi, chunki 2024 yilda allaqachon eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan;
-
Uorren Zair-Emeri («PSJ»);
-
Pau Kubarsi («Barselona»);
-
Yan Diomande («RB Leypsig»);
-
Ayyub Buaddi («Lill»);
-
Estevao Villian («Chelsi»);
-
Viktor Froxoldt («Portu»);
-
Lenart Karl («Bavariya»);
-
Endrik («Real Madrid»);
-
Rayan («Bornmut»).
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda mukofot sohibi «PSJ» hujumchisi Dezire Due bo‘lgandi.













