«Trabzonspor» «Midtyullann» yarim himoyachisi Alan Shimshir bilan shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv summasi 13 million yevroni tashkil qilgan.
24 yoshli turkiyalik futbolchi «Trabzonspor» safida 2030 yilning 30 iyuniga qadar to‘p tepadi. U bungacha Norvegiyaning «Lillestrem» va «Yerv» jamoalarida ham o‘ynagan.
2025/26 yilgi mavsumda Shimshir 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.













