Himoyachilar Ris Jeyms va Mark Gehi hamda yarim himoyachi Deklan Rays 8 iyul kuni Kanzas-Sitida (AQSH) bo‘lib o‘tgan Angliya terma jamoasi mashg‘ulotida qatnashmadi. Bu mashg‘ulot 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finali doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan tashkil etildi.
Uch nafar futbolchi individual dastur asosida shug‘ullangan bo‘lsa, qolgan 22 o‘yinchi umumiy guruhda mashq qildi. Shuningdek, yarim himoyachi Jordan Xenderson ham mashg‘ulotda qatnashmadi, u qo‘lidagi operasiyadan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
25 yoshli Gexi JCH-2026 da beshta o‘yinda, 26 yoshli Jeyms to‘rtta o‘yinda, 27 yoshli Rays ham to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan (bir marta golli uzatma bilan ajralib turgan).
Norvegiya — Angliya chorak final uchrashuvi 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













