Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Arsenal» Brunu Gimaraes uchun uchinchi marta rasmiy taklif yubormoqchi

«Arsenal» Brunu Gimaraes uchun uchinchi marta rasmiy taklif yubormoqchi

Baho:
+ | -

«Arsenal» «Nyukasl» yarim himoyachisi Brunu Gimaraes uchun yangi rasmiy taklif tayyorlamoqda, deb xabar berdi insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.

London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta 28 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. «Kanonirlar»ning 55 million funt sterlinglik dastlabki taklifi, shuningdek, 65 million funtlik ikkinchi taklifi ham rad etilgan edi.

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 60 million funt sterlingga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Brunu barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

JCH-2026da Gimaraes 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 08:50, 09.07.2026.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик