Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Desham Mbappe haqida: «U ham ruhan, ham jismonan juda kuchli yigit»

Desham Mbappe haqida: «U ham ruhan, ham jismonan juda kuchli yigit»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham hujumchi Kilian Mbappening paragvaylik senator Selesta Amarilya bilan bo‘lgan mojarosidan keyingi holati haqida gapirib o‘tdi.

«Kilianning ahvoli yaxshi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men ortga qarab, bu haqda yana o‘ylashni istamayman. U ham ruhan, ham jismonan juda kuchli yigit. U faqat ertangi o‘yinga e’tibor qaratgan», — dedi murabbiy matbuot anjumanida.

JCH-2026 1/8 finalida Paragvayga qarshi kechgan (Fransiya 1:0 hisobida g‘alaba qozongan) o‘yindan so‘ng, Amarilya 27 yoshli Mbappeni «o‘ta mag‘rur va o‘zini fransuz deb ko‘rsatayotgan xunuk kamerunlik» deb atagandi. Bunga javoban futbolchi Amarilyani o‘z lavozimiga noloyiq, tuban ayol deb atadi. Senator esa o‘yinchini sudga berish bilan tahdid qilmoqda.

JCH-2026da Mbappe beshta o‘yinda yettita gol urgan. 9 iyul kuni Fransiya chorak finalda Marokash bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 09:00, 09.07.2026.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик