La-Korunyaning «Deportivo» klubi «Bavariya» yarim himoyachisi Jonatan Asp Yensenning transferi bo‘yicha kelishuvni yakunladi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kelishuv summasi 6 million yevroni tashkil qiladi. Daniyalik futbolchi ispan klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar o‘rtasidagi o‘tishning barcha tafsilotlari allaqachon kelishib olingan.
O‘tgan mavsumda Yensen ijara asosida Shveysariyaning «Grassxopper» klubida o‘ynadi. U klub miqyosida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga Italiyaning «Lasio» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.













