Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Rojers Angliya Xolandni qanday to‘xtatishi mumkinligi haqida gapirdi

Rojers Angliya Xolandni qanday to‘xtatishi mumkinligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Morgan Rojers JCH-2026 chorak finalidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan Erling Xoland haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Manchester Siti» hujumchisi turnirdagi 4 ta o‘yinda 7 ta gol urishga ulgurdi.

— Norvegiya terma jamoasida dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri bor. U maydonda bo‘lganida, har qanday narsa sodir bo‘lishi mumkin. Agar Erling ikkita gol urib, jamoasi g‘alaba qozonsa, bundan hech qachon ajablanmang. U faoliyati davomida buni ko‘p marta qilgan. Va buni davom ettirmoqda.

— Angliya terma jamoasi Xolandni qanday to‘xtatishi mumkin?

— Uni umuman kimdir to‘xtatolganmi o‘zi? Ishonchim komil emas, lekin biz harakat qilamiz. U aql bovar qilmas futbolchi. Uning qanchalik yaxshiligi, o‘yini va ko‘rsatayotgan statistikasi shunchaki hayratlanarli.

Ammo gap faqat Erlingda emas. Ularda biz APLda muntazam ravishda qarshi o‘ynaydigan boshqa yaxshi futbolchilar ham bor. Biz ularga ham e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Bu haqiqatan ham yaxshi jamoa. Menimcha, ularning asosiy kuchi ham shunda — jamoa sifatida, yagona bir butun sifatida ular juda kuchli, — dedi Morgan Rojers.

Kiritildi: 11:12, 09.07.2026.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик