Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Lamin Yamal tanqidga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi

Lamin Yamal tanqidga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘z sha’niga aytilayotgan tanqidlar haqidagi savolga javob berdi. 18 yoshli futbolchi JCH-2026 doirasidagi 5 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.

— Tanqid siz uchun rag‘batmi?

— Ha. Men uni ijobiy qabul qilaman. Shunday kunlar bo‘ladiki, ichingda: «La’nat, nega ular bunday deyishayotganiga tushunmayapman», deb o‘ylab qolasan. Ammo yaxshi o‘ynagan kunlaringda hamma ovozini o‘chirishi kerak.

— Sizga ayniqsa qattiq botgan biror bir holat bo‘lganmi?

— Yo‘q. G‘alaba qozonayotgan paytingda bu narsalar unchalik og‘riqli qabul qilinmaydi.

— Siz doimo o‘z oldingizga eng yuqori talablarni qo‘yishingizni aytgansiz. Ushbu Jahon chempionatidan kutgan umidlaringizni oqlay olyapsizmi?

— Menimcha, bundan ham yaxshiroq o‘ynay olaman. Men o‘zimga nisbatan juda talabchanman. Qilgan ishimdan hech qachon to‘liq qoniqish hosil qilmayman. Hech qachon: «Bo‘ldi, shunisi yetadi», demaganman. Maqsadlarimga «Barselona»da ham, hozir terma jamoada ham hali to‘liq erishganim yo‘q.

— Sizga nima yetishmayapti?

— O‘ynashda davom etishim kerak. Men deyarli ikki oy maydonga tusha olmadim. Bu ketma-ket yettita o‘yin o‘tkazish bilan bir xil emas. Menga to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lish, o‘ynashda davom etish va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish kerak, — dedi Lamin Yamal.

Kiritildi: 11:17, 09.07.2026.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик