Himoyachi Eddi Kuadio «Fiorentina»dan «Monsa»ga ijara asosida o‘tdi.
20 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Kuadio «Fiorentina» safida Konferensiyalar ligasida 5 ta va A Seriyada 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.













