Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Simon Kurtua haqida gapirdi

Simon Kurtua haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon belgiyalik hamkasbi Tibo Kurtua haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ispanlar ertaga JCH-2026 chorak finali doirasida Belgiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

— Siz doimo Kurtuani maqtab kelgansiz. Uni nima ajratib turadi?

— Uning gavdasi darvozaning katta qismini yopib qo‘yish imkonini beradi. U darvozada juda ulkan ko‘rinadi, shu sababli unga gol urish oson kechmaydi.

Odatda bunday baland bo‘yli posbonlarda koordinasiya yoki tezkorlik borasida muammolar kuzatilishi mumkin bo‘lsa-da, Kurtua to‘p bilan a’lo darajada ishlashini, darvoza chizig‘ida tez harakat qilishini va jarima maydonchasining istalgan nuqtasida ishonchli o‘ynashini isbotlab ulgurdi.

U juda ko‘p qirrali (universal) darvozabon bo‘lib, kamdan-kam o‘yinchilar maqtana oladigan jismoniy ma’lumotlarga ega, — deya ta’kidladi Simon.

Kiritildi: 14:13, 09.07.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик