Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Arsenal» Gimaraes bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda

«Arsenal» Gimaraes bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachi Brunu Gimaraes transferi borasida «Nyukasl»ga yangi taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu transferni amalga oshirishni «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta shaxsan talab qilmoqda, biroq barchasi «Nyukasl»ning tutadigan mavqeiga bog‘liq. Agar klublar futbolchining transferi borasida o‘zaro kelishuvga erisha olsalar, shaxsiy shartnoma shartlari muammo tug‘dirmasligi aytilmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Gimaraes barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 bor ishg‘ol qildi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:32, 09.07.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик