Misr terma jamoasi himoyachisi Muhammad Hani 1/8 final bahsida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan (2:3) so‘ng milliy jamoaning jahon chempionatini tark etgani haqida fikr bildirdi.
«Misr bugun... Misr ertaga... Misr — har kuni. Misr g‘alabadan oldin mag‘lubiyatda ham bor. Mana, Misr keldi... Va misrliklar keldi... Keyin esa tarix keldi. Butun dunyo ko‘z o‘ngida misrliklar ularni bu yerdan supirib tashlashdi», — deb yozdi Hani o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
1/4 finalda Argentina terma jamoasi Shveysariya milliy terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.













