«Manchester Yunayted» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottning transferi bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Football Insider xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» 22 yoshli yarim himoyachi uchun kurashish kerakmi yoki yo‘q, degan savolni hal qilishmoqda. Klub rahbariyati Skott uchun ketadigan umumiy xarajatlarni juda yuqori deb hisoblamoqda, shu bois boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda.
Avvalroq, Skottning transferi «Manchester Yunayted»ga taxminan 93,6 million yevroga tushishi mumkinligi xabar qilingandi.
2025/26 yilgi mavsumda Skott barcha musobaqalarda jami 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u to‘rt marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.













