Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jezush Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Jezush Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Portugaliya futbol federasiyasi Jorje Jezush bilan to‘liq kelishuvga erishdi. U Roberto Martines ketganidan so‘ng milliy terma jamoaga bosh murabbiylik qiladi. Bu haqda Record xabar bermoqda.

71 yoshli mutaxassisning rasmiy taqdimoti 10 iyul kuni — Portugaliya tarixida ilk bor Yevropa chempionatidagi g‘alabasiga 10 yil to‘ladigan kunda bo‘lib o‘tadi.

Jezush 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi va Portugaliya Ispaniya hamda Marokko bilan birgalikda mezbonlik qiladigan jahon chempionatida terma jamoani boshqaradi.

Mutaxassisning so‘nggi ish joyi «An-Nasr» klubi bo‘lib, u bilan o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lgandi.

Jezush oldiga Millatlar ligasining yaqinlashib kelayotgan mavsumi, shuningdek, Yevro-2028 va JCH-2030 turnirlarida g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yiladi.

Kiritildi: 18:50, 09.07.2026.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик