Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Braim Dias Marokash va Fransiya o‘rtasidagi JCH-2026 1/4 final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Braim Dias Marokash va Fransiya o‘rtasidagi JCH-2026 1/4 final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi hujumchisi Braim Dias 2026 yilgi jahon chempionati 1/4 finali doirasida Fransiyaga qarshi kechadigan bahs haqida o‘z kutishlarini bildirdi. Uchrashuv bugun, 9 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

«Men doimo mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman va bosimdan zavq olaman. Bu har bir futbolchi ishtirok etishni istaydigan o‘yinlar va men bunga tayyorman. Ertangi o‘yin oldidan o‘z kuchimga ishonaman va biz bor kuchimizni ishga solishimizni bilaman.

Jamoadoshlarim menga juda katta yordam berishmoqda, chunki biz juda ahil guruhmiz. Biz musobaqa favoritlaridan biriga qarshi maydonga tushamiz, ammo biz ham Fransiyaga raqobat ko‘rsata oladigan darajadamiz va sovrin uchun da’vogarlar qatoridamiz. Ertaga g‘alaba qozonishni istaymiz. Biz bor imkoniyatimizni ishga solib, nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatamiz», — deya Diasning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan turnir finalida ular Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida 4:2 (asosiy vaqt 3:3) hisobida mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 19:20, 09.07.2026.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик