Navoiyda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qizilqum” klubi yig‘in doirasida so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini “Buxoro”ga qarshi o‘tkazdi.
Bellashuv ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra, 40 daqiqadan uch bo‘lim davom etdi.
Nazorat uchrashuvi | Navoiy
«Qizilqum» — «Buxoro» 5:5
Gollar: Akmal Muzaffarov (1:0), Abbos Abdug‘afforov (2:0), Javohir Jo‘rayev (3:3), Shahboz Jo‘rabekov avtogol (4:3), Shahzod Turopov (5:4) — Shaxzod Ubaydullayev (2:1), Timur Mamasidiqov (2:2), Asadbek Jo‘raboyev (2:3), Asilbek Qayyumov (4:4), Islombek Baratov (5:5).













