Xorvatiya yulduzi Luka Modrich 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida emas. Bu haqda 24sata nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 40 yoshli yarim himoyachi terma jamoada qolishga qaror qilgan. Bu qarorga Slaven Bilichning bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgani ham ta’sir ko‘rsatgan.
Aynan Bilich boshqaruvida Modrich 2006 yilda Xorvatiya milliy jamoasi safida debyut qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Zlatko Dalich 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etgandi.













