Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kurtua: «Odamlar Belgiyaning «oltin avlodi»ni tanqid qilishmoqda, lekin biz Ispaniya yoki Fransiya emasmiz»

Kurtua: «Odamlar Belgiyaning «oltin avlodi»ni tanqid qilishmoqda, lekin biz Ispaniya yoki Fransiya emasmiz»

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua jamoa Jahon chempionati — 2026 dan chiqib ketganidan so‘ng, tanqidchilarni belgiyaliklarning so‘nggi yillardagi natijalarini munosib baholashga chaqirdi. U ko‘plab muxlislar va ekspertlar fikriga ko‘ra, Rossiyadagi JCH-2018 bronza medalidan ko‘prog‘iga erishishi kerak bo‘lgan Belgiyaning «oltin avlodi» sha’niga aytilgan tanqidlarga javob qaytardi.

«Ko‘plab odamlar «oltin avlod»ni hech narsa yuta olmagani uchun uzoq vaqtdan beri tanqid qilib kelishayotganini bilaman. Lekin biz Belgiyamiz, Angliya, Ispaniya yoki Fransiya emasmiz. Biz aholisi 12 milliondan kam bo‘lgan, yirik turnirlarda aql bovar qilmas natijalarni ko‘rsatayotgan kichik bir davlatmiz», — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

Uning fikricha, kelajakda jamoa yana bir qadam oldinga tashlab, Jahon chempionati finaliga chiqishga to‘la qodir.

JCH-2026da belgiyaliklar chorak finalgacha yetib borishdi va unda Ispaniyaga (1:2) mag‘lub bo‘lishdi. 

Kiritildi: 14:15, 11.07.2026.
O'qildi: 587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик