Krishtianu Ronaldu strimer IShowSpeedga eksklyuziv butsa sovg‘a qildi.
Strimer Darren «IShowSpeed» Uotkins ushbu butsani Ispaniya — Belgiya uchrashuvi vaqtida qabul qilib oldi. Krishtianu Ronaldu strimerga o‘zi JCH-2026 da maydonga tushgan eksklyuziv Nike Mercurial Superfly 11 «CR7 Gold Scorpion» butsasini jo‘natgan.

Qayd etilishicha, agar Portugaliya chorak finalga yo‘l olganida, Krishtianu Ronaldu butsani IShowSpeedga shaxsan o‘zi topshirishi kerak edi.













