Avvalroq «Tottenxem» «Nyukasl» xavbeki Sandro Tonali bilan shartnoma imzolagan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 117 million yevroni tashkil etgan.
MailSport nashrining ochiqlashicha, futbolchiga yana bir da’vogar mavjud bo‘lgan. «Arsenal» Tonalini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan. Futbolchining o‘zi ham aynan «kanonirlar» safiga o‘tishni afzal ko‘rgan.
Biroq «Arsenal» ushbu transferdan voz kechishga qaror qildi. Klub Sandro Tonali uchun bunchalik katta mablag‘ to‘lashni hamda unga haftasiga 275 ming funt maosh berishni istamadi. «Arsenal» rahbariyati ushbu pullarni yanada samaraliroq sarflash mumkin deb hisoblaydi.













