«Rayo Valyekano» klubi chap qanot himoyachisi Pep Chavarriya Londonning «Chelsi» jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Saymon Fillips xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» futbolchi uchun taxminan 17,5 million yevro miqdorida yangi taklif kiritgan. «Aristokratlar» futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga ulgurishgan.
Biroq «Rayo Valyekano» rahbariyati haliyam «Chelsi»dan himoyachining shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan 24,6 million yevroni to‘lashni talab qilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Chavarriya barcha musobaqalarda jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













